O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 29-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. 3-chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi.
O‘zbekistonda OTM talabalari, professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilariga qishki ta’til 25-dekabrda boshlanib, 2024-yil 7-yanvarigacha davom etadi. Vazirlik bu tartib faqat davlat ta’lim muassasalariga tegishliligi, nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy ekanini bildirdi.
Oliy ta’lim vazirligi OTM, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish 23 yanvardan boshlanishini ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasi bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda hokimliklarga ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berildi. Shu munosabat bilan darslar viloyatlarda turlicha — 11, 12, 13, 16 hamda 18 yanvardan boshlanmoqda (ro‘yxat).
Yangi kun boshlanishiga 2 soatgina vaqt qolganida Toshkent rasmiylari anomal sovuq tushishi sabab uzaytirilgan qishki ta’til tugagani va maktablarda o‘qishlar boshlanishi haqida xabar bera boshladi. Bosh muharrir munosabati.
Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, oliy o‘quv yurtlari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘qish mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda 11 yanvardan bosqichma-bosqich boshlanadi. 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qishki ta’til uzaytirilishidan oldin OTM yotoqxonalariga kelgan talabalarga uzaytirilgan ta’tilni ota-onalari bilan o‘tkazishni tavsiya qildi. Qaytishga imkoniyati bo‘lmaganlarga esa yotoqxonada sharoit yaratilishi mumkinligi aytildi.
O‘zbekistonda anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvargacha uzaytirildi.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun 28-dekabrdan 2023-yilning 11-yanvariga qadar 14 kunlik qishki ta’til beriladi.
Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun 2022 yilning 26 dekabridan 2023 yilning 9 yanvariga qadar qishki ta’til beriladi. Mazkur belgilangan tartib nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
Talabalarga dekabrning oxirgi 10 kunligi va yanvarning birinchi 10 kunligi oralig‘ida har yilgi 2 haftalik qishki ta’til beriladi. Ta’til shu paytgacha 1992 yildagi prezident farmoni bilan berilgan. 2022 yil 31 avgustda u o‘z quchini yo‘qotgandan so‘ng, bu borada Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
XTV maktablarda qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi. Mazkur qaror maktab rahbarlari va pedagoglar uchun yangi Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida qabul qilindi.
Prezident tashrifi chog‘ida o‘rnatilgan cheklovlarga bo‘ysunmasdan Malibu`ga qarshi o‘qotar qurol ishlatilgani, narxi azonlashgan AI-80 benzini, O‘zbekistonda «omikron» aniqlanmaganini aytgan Nurmat Otabekov, Denovdagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi xulosasi, Qozog‘istondagi vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 8 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
OTM, kollej va akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishqi ta’til 24 yanvargacha uzaytirildi. Avia va temir yo‘l chiptalariga 50 foizlik chegirma muddati ham uzaytiriladi, xarid qilingan chiptalar esa bepul tarzda boshqa sanaga almashtirib beriladi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi.
Xalq ta’limi vazirligi qishqi ta’til boshlang‘ich sinflar uchun 25-dekabr, yuqori sinflar uchun 26-dekabrdan boshlanishini ma’lum qildi. Qolaversa, ta’tillarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar yuzasidan ham munosabat bildirildi. Aytilishicha, maktablarni isitishdan ko‘ra, sovutishga ko‘proq elektr energiya resurslari talab etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting